Uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma'muriy jarimalarni to'lash imkoni bo'lmaydi
8 APREL, 11:40
Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan 11 aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.
Yozishlaricha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11 aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar etkazib beruvchisiga ma'muriy huquqbuzarliklar uchun to'lanishi lozim bo'lgan jarima to'lovlari qabul qilinmaydi.
Manba: aniq.uz