Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 13:30
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Jizzaxda tilla taqinchoqlarni o'g'irlagan 11-sinf o'quvchisiga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi

 4 APREL, 23:15

Jizzax shahrining Uchariq mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi S.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, turar joyidagi yotoqxonasida bo'lgan shkafdan qiymati 8 million 600 ming so'mlik turli xildagi ayollar taqinchoqlari o'g'irlanganligini ma'lum qilgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu jinoyat turar joy eshigi qulfini buzish yo'li bilan amalga oshirilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o'g'rilikni Jizzax shahridagi o'rta umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi sodir qilganligi aniqlandi. Boladan sirg'a hamda kulon hujjatlashtirib olingan.

Holat bo'yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR