Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 01:56
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rossiya begona bayroq ostida Ukrainaga hujum qiladi — AQSh

 14 YANVAR, 22:25

AQShda Rossiya Ukraina sharqida begona bayroq ostida operatsiya o'tkazish uchun maxsus guruh tayyorlagani haqida dalillar bor. Bu haqda o'zini oshkor etmagan AQSh rasmiysiga tayanib, CNN xabar bermoqda.

Telekanal suhbatdoshining aytishicha, rossiyalik harbiylar shaharda jang qilish va portlovchi moddalardan foydalanish bo'yicha o'qitilgan. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirishga hozirlik ko'rayotgan bo'lishi mumkin, bu esa diplomatiya o'z maqsadlariga erishmasa, inson huquqlarining ommaviy tarzda buzilishi va harbiy jinoyatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.

“Rossiya harbiylari bu harakatlarni yanvar oyi o'rtalari va fevral o'rtalari orasida boshlanishi mumkin bo'lgan harbiy bosqindan bir necha hafta oldin boshlashni rejalashtirmoqda. Biz bu sxemani 2014 yilda Qrim bilan ko'rganmiz”, — dedi rasmiy.

AQSh rasmiylari Kreml fuqarolar o'rtasida mumkin bo'lgan aralashuvlar, jumladan, Ukrainadagi inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatning yomonlashuvi va Ukraina rahbariyatining jangarilarining kuchaygani haqida ma'lumotni qanday faol ravishda tarqata boshlaganini ham ko'rmoqda, deya qo'shimcha qildi CNN manbasi. “Dekabr oyida ushbu barcha da'volarni qamrab oluvchi rus tilidagi ijtimoiy media kontenti kuniga o'rtacha 3500 ga yaqin postga ko'paydi, bu noyabr oyidagi o'rtacha kunlik ko'rsatkichdan 200 foizga ko'p”, dedi u.

Avvalroq, 14 yanvar kuni AQSh milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashingtonning yaqin 24 soat ichida Rossiya tomonidan tayyorlanayotgan Ukrainaga hujum stsenariysi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish rejalarini e'lon qilgandi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR