Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:19
telegram
Yangi hayot tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

 25 NOYABR, 14:05 6

.

Toshkent shahar Yangi hayot tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi, deya xabar bermoqda shahar ETK matbuot xizmati. 25 noyabr kuni Yangi hayot tumanida joylashgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog'ining qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur tarmoqda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash jarayonida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, ayrim MFYlar, tadbirkorlik sub'ektlari, maishiy ob'ektlar va aholi iste'molchilari soat 11:00 dan 16:00 gacha vaqtincha ta'minotdan ajratilishi aytilgan.

Jumladan, Shokir ariq ko'chasi, 2A, 3A, 3B, 5A,7A, 8, 9, 10 qurilish daxalaridagi yangi uylar, shuningdek, «Yangi hayot», «Oriyat», «Yangi umid», «Tashabbus», «Humo», «Yangi turmush», «Marhamat», «Gulshanobod» va «Olchazor» MFYlar tarmoqdan vaqtinchalik uzib qo'yilishi kutilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!