Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:45
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o'zgarganini ko'rsatdi (video)

 18 APREL, 09:50

«Qidiruv giganti» taqdim etgan zo'r loyihalardan biri – Google Earth servisidir. Kompaniya unga Er sayyorasi 37 yilda qanday o'zgarganligini ko'rish imkonini beruvchi Timelapse funktsiyasini qo'shdi. Shunday qilib, sayyoradagi insonning ta'sirini aniq ko'rish mumkin, deb yozadi UZZOOM.

«Umid qilamizki, sayyoramizning bunday ko'rinishi muhim munozaralarni boshlaydi, yangi kashfiyotlarga hissa qo'shadi va ba'zi global muammolar haqida odamlarning fikrlarini o'zgartiradi», deb yozadi Google.

Xizmatda 1984 yildan 2020 yilgacha to'plangan 24 milliondan ortiq rasm mavjud. Sun'iy yo'ldoshlardan yig'ilgan fotosuratlar interaktiv 4D formatida to'plangan. Siz shaharlar qanday barpo bo'lganini, o'rmonlar maydoni o'zgarganini va iqlim o'zgarishini ko'rishingiz mumkin.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR