Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:31
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qirg'izistonda koronavirusni zaharli giyoh bilan davolash taklif qilindi

 17 APREL, 17:30

Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vaziri Alimqadir Beyshenaliev koronavirusga chalingan bemorlarni parpi (akonit) qaynatmasi bilan davolashayotganini ma'lum qildi. Qaynatmaning xavfsiz ekanligini ko'rsatish uchun esa uni o'zi ichib ko'rsatdi. 

“Hozir respublikaning barcha kasalxonalarida bemorlar parpi bilan davolanyapti. Dozani prezident Sadir Japarovning shaxsan o'zi belgilaydi, – dedi vazir matbuot anjumani chog'ida. – Prezident koloniyadalik paytida menga murojaat qilib, odamlarni parpi bilan davolab ko'rishni so'ragan edi. Qarindoshlarimni shu bilan davoladim”. 

Alimqadir Beyshenaliev parpi o'tining yordamida 300 dan ziyod bemor koronavirusdan qutulganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, parpi qaynatmasini issiq holatda ichish kerak, soviganidan keyin esa o'limga sabab bo'ladi. “Uni qabul qilgandan keyin sovuq suv ichsa yoki muzqaymoq esa ham o'ladi. Uni faqat issiq holatda ichish, keyin o'ranib yotish kerak. Terlaysiz, engillaysiz”, – dedi u. 

Parpi ayiqtovondoshlar turkumiga mansub ko'p yillik o't hisoblanib, aksar turlari o'ta zaharli bo'ladi. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR