Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 14:25
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Aripov: «Shunchalik ham befarq bo'lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi»

 17 APREL, 11:25

Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

“Kasallanish holatlarining oshishi, birinchi navbatda, oddiy ehtiyot choralariga rioya qilmaslik, ya'ni tibbiy niqobdan foydalanmaslik, ijtimoiy masofani saqlamaslik oqibatida yuz beryapti. Ko'chaga chiqsangiz, xuddi kasallikni engib bo'ldik, kasallikdan qutuldik, u endi boshqa erga qarab ketdi, degan noto'g'ri fikrda yurgan fuqarolar borgan sari ko'payib boryapti. 

Hududlarga bo'lgan tashrifda yoki Toshkent shahrida mahallabay amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish uchun tashkillashtirilgan monitoring tadbirlarida o'zim ko'rib hayron bo'lib qoldim. O'zimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u erda yurgan biron kishi tibbiy niqob taqib yurganini ko'rmadim. Shunchalik ham befarq bo'lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga o'xshaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yo'q, odamni ham tanlab o'tirmaydi”, dedi Abdulla Aripov.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR