Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:07
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

AQShda namoyishlar boshlandi. Politsiya yana bir afroamerikalik o'limiga sabab bo'ldi

 15 APREL, 22:45

Minnesota shtati Bruklin-Senter shaharchasida politsiyachilar yo'l harakati qoidasini buzgani uchun Dante Raytning avtomobilini to'xtatgan. Dante Rayt qidiruvda bo'lgan. 

Uni qo'lga olmoqchi bo'lishganda, Rayt yashirinishga uringan. Politsiyachilardan biri Raytga o'q uzgan. Yaralangan Rayt avtomobilda bir necha yuz metrga harakatlanib borib, boshqa mashinaga urilgan va vafot etgan. 

Voqeadan so'ng Bruklin-Senter shaharchasida namoyishlar boshlanib ketdi. Politsiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llagan, shaharda komendantlik soati joriy qilingan. 

O'tgan yili 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachi oyoqlari ostida vafot etgani butun mamlakat bo'ylab namoyishlarga sabab bo'lgandi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR