Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:32
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mirziyoev: "Islom aka kamtar inson edilar"

 15 APREL, 20:35

Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog'ida O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. 

Marhumning haqiga Qur'on tilovat etildi.

O'tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.

– Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o'zlariga munosib bo'lgan. Bu erga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod bo'lsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR