Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 06:31
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Yunayted" himoyachisi sobiq klubiga qaytadi

 6 AVGUST, 04:18

"Kristal Pelas" himoyachi Aaron Van-Bissakaga qiziqish bildirmoqda. Sky Sports xabariga ko'ra, klub futbolchini "Manchester Yunayted"dan ijaraga olmoqchi. 24 yoshli futbolchi 2019 yilda «Kristal Pelas»dan «Manchester Yunayted»ga o'tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Van-Bissaka o'tgan mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Avvalroq, himoyachiga may oyida "Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xagning rejalarida o'rin yo'qligi aytilgani xabar qilingandi.

"Kristal Pelas" himoyachi Aaron Van-Bissakaga qiziqish bildirmoqda. Sky Sports xabariga ko'ra, klub futbolchini "Manchester Yunayted"dan ijaraga olmoqchi.

24 yoshli futbolchi 2019 yilda «Kristal Pelas»dan «Manchester Yunayted»ga o'tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Van-Bissaka o'tgan mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.

Avvalroq, himoyachiga may oyida "Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xagning rejalarida o'rin yo'qligi aytilgani xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR