Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 06:24
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Napoli" rahbariyati yaqin orada bu transfer tafsilotlarini kelishib oladi

 6 AVGUST, 04:14

Italiya terma jamoasi hujumchisi Jakomo Raspadori "Sassuolo"dan "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Shartnoma besh yilga mo'ljallangan bo'lib, futbolchining yangi klubidagi maoshi yiliga 2,5 million evroni tashkil qiladi. Kelasi hafta boshida "adzurri" rahbariyati "Sassuolo" rahbarlari bilan uchrashib, transferning yakuniy tafsilotlarini kelishib oladi. 22 yoshli italiyalik o'tgan mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Sassuolo" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

Italiya terma jamoasi hujumchisi Jakomo Raspadori "Sassuolo"dan "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Shartnoma besh yilga mo'ljallangan bo'lib, futbolchining yangi klubidagi maoshi yiliga 2,5 million evroni tashkil qiladi.

Kelasi hafta boshida "adzurri" rahbariyati "Sassuolo" rahbarlari bilan uchrashib, transferning yakuniy tafsilotlarini kelishib oladi.

22 yoshli italiyalik o'tgan mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Sassuolo" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR