Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 05:59
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rojers: "Bu biz uchun katta zarba”

 6 AVGUST, 04:07

"Lester" himoyachisi Rikardu Pereyra jarohati sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi. Tibbiy ko'rik natijasida uning tovonida jiddiy jarohat borligi aniqlangan, deb xabar beradi Daily Mail. 28 yoshli portugaliyalik allaqachon operatsiya qilingan. Pereyra "Sevilya"ga qarshi mavsumoldi o'yinida jarohat olgan edi. “Afsuski, Rikardu Pereyra olti oyga safdan chiqdi. U o'zining tovonini shikastladi, bu juda achinarli, chunki biz bu yozda o'yinimizni qanot himoyachilari va ayniqsa uning atrofida qurgan edik. Bu biz uchun katta zarba”, - deydi “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers. 28 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon “Lester Siti” safida to'p tepadi. U "Portu"dan 22 million evro evaziga kelgandi.

"Lester" himoyachisi Rikardu Pereyra jarohati sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi. Tibbiy ko'rik natijasida uning tovonida jiddiy jarohat borligi aniqlangan, deb xabar beradi Daily Mail.

28 yoshli portugaliyalik allaqachon operatsiya qilingan. Pereyra "Sevilya"ga qarshi mavsumoldi o'yinida jarohat olgan edi.

“Afsuski, Rikardu Pereyra olti oyga safdan chiqdi. U o'zining tovonini shikastladi, bu juda achinarli, chunki biz bu yozda o'yinimizni qanot himoyachilari va ayniqsa uning atrofida qurgan edik. Bu biz uchun katta zarba”, - deydi “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers.

28 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon “Lester Siti” safida to'p tepadi. U "Portu"dan 22 million evro evaziga kelgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR