Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 06:02
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Lester" himoyachisi jiddiy jarohat sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi

 6 AVGUST, 02:36

"Lester" himoyachisi Rikardo Pereyra jarohati sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi. Tibbiy ekspertiza uning Axilles suyagida muammolar borligini aniqladi, deb xabar beradi Daily Mail. 28 yoshli portugaliyalik allaqachon operatsiya qilingan. Pereyra "Sevilya"ga qarshi mavsumoldi o'yinida jarohat olgandi. “Afsuski, Rikardo Pereyra olti oyga safdan chiqdi. U Axilles paylarini shikastlab oldi va bu juda achinarli, chunki biz bu yozda o'yinimizni qanot himoyachilari va ayniqsa, uning atrofida qurgandik. U juda yaxshi ko'rinardi. Bu biz uchun katta zarba”, - deydi “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers. 28 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon “Lester Siti”da to'p tepmoqda. U "Portu"dan 22 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Fevral oyida u klub bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgandi.

"Lester" himoyachisi Rikardo Pereyra jarohati sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi. Tibbiy ekspertiza uning Axilles suyagida muammolar borligini aniqladi, deb xabar beradi Daily Mail.

28 yoshli portugaliyalik allaqachon operatsiya qilingan. Pereyra "Sevilya"ga qarshi mavsumoldi o'yinida jarohat olgandi.

“Afsuski, Rikardo Pereyra olti oyga safdan chiqdi. U Axilles paylarini shikastlab oldi va bu juda achinarli, chunki biz bu yozda o'yinimizni qanot himoyachilari va ayniqsa, uning atrofida qurgandik. U juda yaxshi ko'rinardi. Bu biz uchun katta zarba”, - deydi “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers.

28 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon “Lester Siti”da to'p tepmoqda. U "Portu"dan 22 million evro evaziga ko'chib o'tdi.

Fevral oyida u klub bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR