Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:18
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Murod Nazarovning boyliklari miqdori haqidagi ma'lumot rostmi?

 14 APREL, 15:50

Mashhur tadbirkor boyligi 50 million dollar atrofida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda "rost24.uz" xabar berdi.

Odatda O'zbekistonda boylar o'z mablag'i miqdorini oshkor qilishdan cho'chishadi. Ammo yurtimizda ko'p qavatli uylar kompleksini qurib kelayotgan “Murad biuldings” kompaniyasi egasi Murod Nazarov AlterEgo loyihasiga bergan intervyusida boyligi qariyb 50 million dollar atrofida ekanini ma'lum qildi.

Avvalroq OAVda Murod Nazarov  “Murad biuldings” kompaniyasini O'zbekiston birinchi prezidentining sobiq yordamchisi Ulug'bek Mirzamuhamedov bilan hamkorlikda boshlagani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Ammo mashhur o'zbek ishbilarmoni hukumatga yaqin, amaldor hamkori borligi haqida hech qachon tan olmagan. Nazarov odatda biznesdagi katta yutuqlarga o'z tirishqoqligi bilan, “kriisha”siz erishganini aytib keladi…

Qiziq, tadbirkorning bugungi boyliklari miqdori haqida bergan ma'lumoti rostmi?

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR