Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:14
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rossiya Turkiya bilan parvozlarni vaqtinchalik to'xtatdi

 13 APREL, 22:40

Turkiya bilan parvozlar 15 apreldan 1 iyunga qadar vaqtincha to'xtatiladi.

Shuningdek, Rossiya shu muddatga Tanzaniya bilan ham aviaqatnovlarni bekor qilgan.

Qayd etilishicha, agar bu ikki mamlakatda epidemologik vaziyat barqarorlashsa, parvozlar yana qayta tiklanadi.

Rossiyadan tashqari, Xitoy va boshqa mamlakatlar ham Turkiya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to'xtatishga qaror qilgan.

Bunga koronavirusning tez tarqalishi sabab bo'lgan. Turkiyada aprel boshidan buyon bir kunda aniqlanayotgan kasallanish holatlari rekord o'rnatmoqda.

Agar 1 mart kuni mamlakatda 10 mingga yaqin yangi kasallanish holati aniqlangan bo'lsa, 7 apreldan bu ko'rsatgich 50 mingdan pastga tushmayapti. So'nggi haftada Turkiyada deyarli 500 ming kishi koronavirus yuqtirib olgan.

 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR