Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 13:15
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi

 13 APREL, 14:55

Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo'ladi, deya xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbasiga asoslangan holda.

Davlat rahbarlari o'zbek-tojik munosabatlarining barcha sohalardagi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda. Tashrif yakunlariga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasida transport, energetika, savdo, moliya, qishloq xo'jaligi, madaniyat va ilm-fan sohalarida yangi shartnomalar to'plami imzolanishi rejalashtirilgan. 

Ma'lumot uchun, Shavkat Mirziyoev 2018 yil mart oyida, so'ng 2018 yil sentyabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishi), 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda o'zaro hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha konferentsiyaning beshinchi sammiti) Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR