Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:30
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qashqadaryoda haydovchi 2 nafar qizni urib, hodisa joyidan qochib ketdi

 31 MART, 20:50

19 mart kuni soat 15:20 larda, Qarshi shahrida Samsung savdo markazi ro'parasida, «Cobalt» haydovchisi piyodalar o'tish joyidan yo'lni kesib o'tayotgan D.B. va M.B.larni urib yuboradi.

U birinchi tibbiy yordam ko'rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Piyodalar B.D. va M.B.lar engil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Qarshi shahar IIO FMB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib haydovchi aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar to'planib Jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi Sh.N. ga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR