Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:37
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Surxondaryoda 6 kishining o'limiga sababchi bo'lgan erkakka hukm o'qildi

 11 APREL, 16:25

Jarqo'rg'ondagi G'ur-G'ur mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 xalqaro avtomobil yo'lidan Termiz–Jarqo'rg'on yo'nalishida harakatlanayotgan «Cobalt» haydovchisi mashinani yo'l harakati qoidalariga zid ravishda boshqargani sabab «Spark» avtomashinasi bilan to'qnashgan.

YTH oqibatida 6 nafar yo'lovchi vafot etgan. 4 nafar fuqaro esa og'ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, «Cobalt» haydovchisi S.F. yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzib, yo'lning qarama-qarshi harakatlanish tarafiga chiqib ketgan.

Sud «Cobalt» haydovchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR