Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 05:26
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbekiston va Xitoy qo'shma vaktsina narxini oshkor qilmaslikka kelishib oldi

 31 MART, 17:00

O'zbekiston va Xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining narxi bo'yicha ma'lumotlarni ochiqlamaslik to'g'risidagi davlatlararo shartnoma imzolangan.

O'zbekiston mazkur vaktsinaning hammuallifi bo'lgani va vaktsinaning III-bosqich sinovlarida faol ishtirok etgani bois u maxsus narxlarda O'zbekistonga sotilgan.

Ya'ni O'zbekiston vaktsinaning faqatgina ishlab chiqarish xarajatlarini qoplayapti.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Xitoyning ZF-2001 vaktsinasi hammuallifi sifatida tan olingan. Bu vaktsina mamlakatda 1 mart kuni davlat ro'yxatidan o'tkazildi va 27 mart kuni uning 1 million dozasi keltirildi. 1 apreldan bu vaktsina bilan aholini emlash ishlari boshlanadi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR