Pokiston prezidenti vaktsina olganidan so'ng koronavirusga chalindi
31 MART, 16:55
Pokiston prezidenti Arif Alvi koronavirusga qarshi vaktsina qabul qilganidan so'ng koronavirusga chalindi. Bu haqda u tvitterda ma'lum qildi.
Avvalroq prezident Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinopharm vaktsinasi bilan emlangandi.
"Menda koronavirus testi musbat natija ko'rsatdi. Iltimos, ehtiyot bo'ling”, deb yozdi prezident.
Manba: aniq.uz