Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:54
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Sirdaryolik fuqaro jizzaxlik sherigi bilan Toshkent bozorida qo'lga tushdi

 8 APREL, 21:55

Joriy yilning 3 aprelga o'tar kechasi Jizzax viloyati Yangiobod tumani Havotog' qishloq fuqarolar yig'ini fermer xo'jaligi dalasidan qiymati 65 million so'mlik 2 bosh ot o'g'irlandi. Bu to'g'rida Yangiobod tumani ichki ishlar bo'limiga otlarning egasi, tumanning Yangiobod shaharcha fuqarolar yig'inida yashovchi X.A. ma'lum qilgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko'ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat Yangiobod tumani Havotog' qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi J.X. hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani Paxtakor qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi R.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

O'g'rilar Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumani hududidagi mol bozorida otlarni sotayotgan vaqtida qo'lga olindi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR