Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 11:08
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Hindistonda O'zbekistondagi korruptsiya holati haqida maqola chop etildi

 8 APREL, 16:55

Hindistonning nufuzli "wion" internet nashri tomonidan "O'zbekiston barqaror va yashil iqtisodiyot sari qadam tashlamoqda" nomli maqola chop etildi.

Maqolada O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda eng tez sur'atlarda o'sib borayotgan davlatlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning investitsiya sharoitlarini yaxshilashga, eksport va tashqi savdo hajmini oshirishga hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga e'tibor qaratayotganligi qayd etilgan.

Ahamiyatlisi, maqolada muhim islohotlardan biri sifatida korruptsiyaga qarshi kurashish yo'nalishiga e'tibor qaratilgan. Maqolada 2020 yilda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilganligi, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish borasida 2017 yildan 2020 yilning yakuniga qadar 17 ta muhim normativ-hujjatlar qabul qilinganligi e'tirof etilgan.

Bundan tashqari 2021 yildan boshlab sohalar va hududlar kesimida vazirlik va idora rahbarlarining korruptsiyaga qarshi kurarshish borasidagi faoliyatining reytingi joriy qilinishi, bu reyting korruptsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mansabdor shaxslarning mas'uliyatini oshirishga xizmat qilishi yangilik sifatida qayd etilgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR