Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 06:00
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Surxondaryoda bolalarga baqirib, ularni qo'rqitgan tarbiyachi ishdan bo'shatildi

 8 APREL, 15:45

Surxondaryo viloyati Uzun tumani 13-sonli MTMda bolalarga baland ovozda baqirib, ularni qo'rqitgan tarbiyachi ishdan bo'shatildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» dasturida ma'lum qilindi.

Uzun tumani maktabgacha ta'lim bo'limi rahbarining holat yuzasidan bildirgan munosabatida ta'kidlanishicha, hodisa bo'yicha tuman prokuraturasidan taqdimnoma berilgan.

O'rganish jarayonida mazkur bolalar bog'chasi tarbiyachisi ishdan bo'shatilgan, yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazosi berilgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR