Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 22:52
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Sergelida to'xtab qolgan metroning o'rniga avtobus harakati yo'lga qo'yildi

 8 APREL, 13:40

2021 yil 8 aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo'nalishi Sergeli qismida texnik nosozlik kelib chiqqanligi tufayli metropoliten harakati vaqtinchalik to'xtatilganligi munosabati bilan, metropolitenning Olmazor stantsiyasidan  Qipchoq stantsiyasigacha bo'lgan oraliqda vaqtinchalik avtobus yo'nalishi harakati yo'lga qo'yildi. Ushbu yo'nalishda 4, 7, va 12-avtobus saroylari tomonidan vaqtinchalik avtobuslar xizmat ko'rsatmoqda. 

Mazkur vaqtinchalik tashkil etilgan yo'nalishdan yo'lovchilar bepul foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR