Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:29
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etildi

 8 APREL, 05:45

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Bu haqda tegishli Hukumat qarorlari qabul qilindi.

➖ Ushbu Pedagogika institutlarida o'quv jarayoni 2021/2022 o'quv yilidan boshlanadi.

➖ Shu munosabat bilan 2021/2022 o'quv yilidan Andijon va Buxoro davlat universitetlarida pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qabul to'xtatiladi.

➖ O'quvchilarni pedagogik kasbga yo'naltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlari etakchi ta'lim muassasalarining 10 tasida: 

• 3–4-sinf o'quvchilari uchun “O'qish va matematik savodxonlik bo'yicha sinflar”;

• 8–9-sinf o'quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha sinflar”; 

• 10–11-sinf o'quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etiladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR