Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 05:22
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

AQShda 7 yoshli bolakay zo'rlashda ayblanmoqda

 31 MART, 15:30

Nyu-York shtatida etti yoshli bola zo'rlashda ayblandi. Bu haqda mahalliy WWNY manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini oshkor qilmadilar. Ularning aniqlik kiritishicha, 23 mart kuni bolaga uchinchi darajali zo'rlash ayblovi qo'yilgan.

Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Advokat Entoni Markoni ayblovlarni bema'ni deb atadi, chunki bu yoshdagi bola nima qilayotganini tushuna olmaydi.

"Ular buni aslida jismoniy qilganligini isbotlashlari kerak bo'ladi. Bu menga deyarli imkonsizdek tuyuladi", - dedi Markoni.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR