Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:31
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Toshkentda uylar devorida narkotik moddalar reklamasini qoldirganlar aniqlandi

 7 APREL, 12:15

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabariga ko'ra, Mirzo Ulug'bek tumani “Bo'z” mahallasidagi bir nechta uylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi paydo bo'lgan. Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V. qoldirgani aniqlandi.

Suhbat davomida B.I. joriy yilning mart oyida obuna bo'lgan Telegram-kanalda ish haqidagi e'lonni ko'rib, noma'lum shaxs bilan telefon orqali bog'lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo'lgan yozuv matnini olgan va devorlarga yozib chiqishgan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR