Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:35
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Andijon viloyatida tadbirkorning pul mablag'larini o'zlashtirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi

 7 APREL, 10:50

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.T.” va “B.S.” MChJlar tomonidan un mahsulotini xarid qilish uchun “A.G.” va “Sh.G.” MChJlarga jami 5,9 mlrd so'm o'tkazib berilgan bo'lsada, fuqaro G'.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, “M.T.” va “B.S.” MChJlar rahbari Q.V.ning nomidan soxta hujjatlar orqali un mahsulotini qabul qilib olinganligi to'g'risidagi elektron hisobvaraq-fakturalarni tasdiqlab, pul mablag'larini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G'.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR