Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 21:54
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qashqadaryoda 1 mlrd so'mlik dori vositalari talon-toroj qilindi

 31 MART, 12:20

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.X. “J” xususiy korxonasining omborxona mudiri vazifasida ishlagan davrida o'zining moddiy  javobgarligida bo'lgan jami 1 mlrd so'mlik dori vositalari kamomadiga yo'l qo'yib, korxonaning juda ko'p miqdordagi mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.   Mazkur holat yuzasidan Q.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR