Lokdaun davrida qimmat restoranda tushlik qilgan frantsuz vazirlari bo'yicha surishtiruv o'tkaziladi
5 APREL, 22:55
"M6" telekanalining "mijozlari niqob taqmay, karantin cheklovlariga amal qilmaydigan sirli restoran" haqidagi reportaji surishtiruvga sabab bo'lgan.
Restoran menyusida narxlar $188–$580gacha bo'lgan. Frantsiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen vazirlarning ziyofatga qatnashgani to'g'risidagi surishtiruvni Parij politsiyasiga bergan.
Ma'lumot uchun, Frantsiyada karantin qoidalariga amal qilmaganlik uchun 1 yilgacha qamoq jazosi va birovning hayotini xavf ostiga qo'yganlik uchun $17000gacha jarima belgilanishi mumkin.
Manba: aniq.uz