Toshkent - Namangan - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlar qayta tiklandi
5 APREL, 22:15
Bugun 5 aprel «Namangan xalqaro aeroporti» MChJga Toshkent - Namangan - Toshkent yo'nalishidagi A-320 rusumli havo kemasi kelib qo'ndi.
Ushbu reys orqali 51 nafar hamyurtimiz manzillariga etkazildi.
Ma'lumot o'rnida, parvozlar «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi tomonidan haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Manba: aniq.uz