Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 05:07
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Belarusda qochib ketgan xizmatdagi askar qidirilmoqda. Bunga sabab sevgi

 4 APREL, 20:10

Belarus mudofaa vazirligi mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda o'zboshimchalik bilan xizmatni tashlab ketgan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarni qidirish bo'yicha ishlar olib borilayotganini ma'lum qildi.

"Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy yuk mashinasini boshqargan holda poligonni tark etgan. Taxminlarga ko'ra, u sevgan qizi yashaydigan manzil – Polotskiy tumani (Vitebsk viloyati) tomon yo'l ", - deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.

Xabarda ta'kidlanishicha, avtomobil harakat yo'nalishi bo'ylab tezkor ravishda “Tutish” rejasi e'lon qilingan.

Avtoulov qatnov yo'li yoqasida topilgan. "Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda qidiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchi xizmat davri davomida hech qachon tanbeh eshitmagan, bo'linmada unga ijobiy xarakteristika berilgan.

Vazirlik xabariga ko'ra, huquqbuzarlikka tergov ishlari doirasida tegishli baho beriladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR