logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:58
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Turkiya va Armaniston 10 yil ichida ilk bor muzokara o'tkazdi

 14 YANVAR, 22:30

Turkiya va Armaniston maxsus vakillarining aloqalarni normallashtirish bo'yicha birinchi uchrashuvi Moskvada bo'lib o'tdi va u 1,5 soat davom etdi. Tomonlar buni ijobiy va konstruktiv deb atadi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Turkiya va Armaniston o'rtasida 1990-yillardan beri diplomatik aloqalar mavjud emas. Rossiyadagi muzokaralar hech qachon ratifikatsiya qilinmagan 2009 yilgi tinchlik bitimidan keyin munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan birinchi urinishdir.

Turkiya va Armaniston tashqi ishlar vazirliklari maxsus vakillar “normallashtirish jarayoni bo'yicha dastlabki fikr almashganini” ma'lum qildi. Muzokaralarning navbatdagi bosqichi qachon bo'lib o'tishi keyinroq ma'lum qilinadi.

Avvalroq Turkiya AQShga Ukraina bo'yicha muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qilgandi. Anqara vakili mamlakati Ukraina hududiy yaxlitligini himoya qilishga katta ahamiyat berishini qayd etdi.

Shuningdek, “Korrespondent.net” Armaniston Ozarbayjon bilan bo'lgan janglarda uch askar halok bo'lganini e'lon qilganini yozdi. Ozarbayjon armanlarning chegaradagi pozitsiyalarini artilleriya va dronlardan foydalangan holda o'qqa tutdi, deb xabar bermoqda Erevan.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR