logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:25
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xitoyda odamlar yangi virus bilan zararlanyapti

 14 YANVAR, 20:35

Xitoyda odamlarda yuqori patogenli H5N6 parranda grippi virusi bilan kasallanishning beshta yangi holati qayd etildi.

Janubi-g'arbiy Sichuan provintsiyasining ikki nafar fuqarosi ushbu infektsiyadan vafot etgan. Sharqiy Chjetszyan provintsiyasidagi Xanchjou shahrida yashovchi bir odam ham mazkur virusni yuqtirib olgan. Shifokorlar uning ahvolini og'ir, deb baholamoqda. Yana ikki bemor janubiy Guansi-Chjuan avtonom viloyati aholisi bo'lib, ular ham og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Odamlar orasida parranda grippining H5N6 shtammi birinchi marta 2014 yilning mayida aynan Xitoyning Sichuan provintsiyasida aniqlangan edi.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR