logotip
Hi, Guest!
Soat: 14:59
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

AQSh Putinga sanktsiya qo'llasa, Rossiya aloqani uzadi

 14 YANVAR, 20:00

Prezident Vladimir Putinga qarshi sanktsiya qo'llash munosabatlarni uzishga tengdir. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Putinga nisbatan sanktsiya qo'llashni ko'zda tutuvchi qonun loyihasiga ana shunday izoh berdi.

Uning aytishicha, Moskva bunday sanktsiyalarga darhol javob qaytaradi.

«Davlat rahbariga va Rossiya rahbariga qarshi sanktsiya qo'llanishi, yana bir bor takrorlayman, munosabatlarni uzishga teng oxirgi choradir», – dedi Peskov.

AQSh Senatida taqdim etilgan qonun loyihasi “2022 yilda Ukraina suverenitetini himoya qilish akti” deb nomlanadi. Unda agar Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, Rossiya prezidentidan tashqari Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlariga ham sanktsiya qo'llash taklif etilgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR