Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanadi
3 APREL, 12:55
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga asosan mahkumlarning «elektron nazorati»ni ta'minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.
Xususan:
xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o'tash tartibi tatbiq etiladi; mahkumlarning jazoni o'tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar («Smart») tizimi muassasalarga o'rnatiladi; taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o'tish joylarida bodiskanerlar o'rnatiladi; jazoni o'tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi «axborot portreti»ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo'yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.Manba: aniq.uz