Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:12
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman: Ankalaev Las-Vegasdagi kechaning markaziy jangida oktagonga ko'tariladi + POSTER

 23 DEKABR, 18:05

UFC promousheni tomonidan 2022 yilning 12 mart kuniga belgilangan UFC Fight Night seriyasi doirasidagi turnirning markaziy jangi malum qilindi.

Unda rossiyalik yarimog'ir vazn toifasi jangchisi Magomed Ankalaev UFC kamari uchun sobiq davogar, braziliyalik Tiago Santosga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ayni paytda Tiago Santos UFC yarimog'ir vaznlilar reytingida beshinchi, Magomed Ankalaev esa oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Malumot uchun, 37 yoshli Santos ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng oktyabr oyida oktagonga qaytgan va Jonni Uokerni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. 29 yoshli Magomed Ankalaev esa ettita g'alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda. Oxirgi jangida Volkan Ozdemirdan ustun kelgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR