Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 22:08
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Istanbulda otishma: Rossiya fuqarosi halok bo'ldi, chechenlar qo'lga olindi

 2 APREL, 17:15

Istanbulda otishma sodir bo'ldi, natijada ikki kishi, jumladan bir nafar  Rossiya fuqarosi halok bo'ldi.

RIA Novostining xabar berishicha, rossiyalik marhum Chechenistonda tug'ilgan.

Hodisa Istanbulning Beshekshehir tumanida sodir bo'lgan. O'ldirilgan ikkinchi shaxs Ozarbayjon fuqarosi.

Politsiya hodisada aybdor deb gumon qilib uch chechenni hibsga oldi va hozirda qurolli to'qnashuvning to'rtinchi ishtirokchisini qidirmoqda.

Manbaga ko'ra, mojaro qarzlar bilan bog'liq hal qilinmagan muammo tufayli yuzaga kelgan. Otishmada Gruziya va Suriya fuqarolari ham ishtirok etgani aniqlandi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR