Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 05:00
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bugun Evropa CHempionlar ligasiga qura tashlanadi

 13 DEKABR, 10:15

Bugun chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum 1/8 final boqichga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Musobaqa formatiga ko'ra, 1/8 finalda o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan jamoalar ikkinchi o'rindagi jamoalarga qarshi qura natijasiga ko'ra pley-off tizimida bahs olib boradi. Bir davlat vakillari hamda guruhda bir-biriga raqiblik qilgan jamoalar nimchorak finalda to'qnash kelmaydi.

ECHL 1/8 final dastlabki uchrashuvlar 15-16 va 22-23 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da SHveycariyaning Non shahri boshlanadi. 

1-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

"Manchester Siti" (Angliya)

"Liverpul" (Angliya)

"Ayaks" (Niderlandiya)

"Real" (Ispaniya)

"Bavariya" (Germaniya)

"Manchester Yunayted" (Angliya)

"Lill" (Franciya)

"Yuventus" (Italiya)

2-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

PSJ (Franciya)

"Atletiko" (Ispaniya)

"Sporting" (Portugaliya)

"Inter" (Italiya)

"Benfika" (Portugaliya)

"Vilyarreal" (Ispaniya)

"Zalcburg" (Avstriya)

"CHelsi" (Angliya)

"Sport" telekanali marosimni to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilishni rejalashtirgani haqida xabar berdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR