Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 11:14
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Farg'onada fohishalikni kasb qilganlar qo'lga olindi

 1 APREL, 18:50

Joriy yilning 30 mart kuni Farg'ona viloyatida olingan xabarga ko'ra Milliy gvardiya va Qo'qon shahar IIB hamkorligida tezkor tadbir o'tkazildi.

Mazkur tadbir davomida maxsus xaridor sifatida jalb etilgan fuqaro B.Yu. ishtirokida Qo'qon shahrida yashovchi 1997 yilda tug'ilgan fuqaro V.Sh., 1993 yilda tug'ilgan fuqaro V.M. va 2000 yilda tug'ilgan fuqaro M.A. lar o'zlari yashab kelayotgan xonadonlarida 400,000 (to'rt yuz ming) so'm pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR