Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 18:53
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rossiya Qrim va Ukraina atrofiga yig'ilgan qo'shinlarni joyiga qaytaradi

 23 APREL, 21:20

Rossiya Mudofaa Vaziri Sergey Shoygu Janubiy va G'arbiy harbiy okruglarda qo'shinlarning harbiy tayyorgarligini tekshirish ishlarini yakunlashga qaror qildi, 23 apreldan boshlab qo'shinlar doimiy joylashish punktlariga qaytadilar.

«2021 yil 1 mayga qadar Janubiy harbiy okrugning 58-chi armiyasi, Markaziy harbiy okrugning 41-chi armiyasi, Havo-desant qo'shinlarining 7-chi, 76-chi havo hujumi va 98-chi havo-desant diviziyalari shaxsiy tarkibini doimiy joylashish punktlariga qaytaring.» - dedi Shoygu payshanba kuni Qrimdagi yig'ilishda. Shuningdek, u: «Men favqulotda tekshiruvning maqsadlariga to'liq erishildi deb hisoblayman. Qo'shinlar mamlakatning ishonchli mudofaasini ta'minlash qobiliyatini namoyish etishdi. Shu munosabat bilan men janubiy va g'arbiy harbiy okruglarda tekshiruv ishlarini yakunlashga qaror qildim», - dedi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR