Pokiston Prezidenti vaktsina qabul qilishiga qaramasdan koronavirusga chalindi
31 MART, 09:00
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi COVID-19 ga qarshi vaktsina qabul qilishiga qaramasdan koronavirusga chalindi.
Ma'lum qilinishicha, Alvi o'zining birinchi ukolini 15- mart kuni olgan
«Mening test natijalarim musbatni ko'rsatdi … Alloh barcha COVID-19 kasallariga raxm aylasin. Men vaktsinaning birinchi dozasini qabul qilgan edim, ammo antitelalar ikkinchi dozadan keyin rivojlana boshlaydi, bu bir hafta o'tib amalga oshirilishi kerak edi. Iltimos, ehtiyot bo'lishni davom eting», – deb ta'kidladi prezident.
Manba: aniq.uz