Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:26
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbekistonga Qirg'izistondan qalbaki avtoraqamlar olib kirilayotgani aniqlandi

 23 APREL, 12:50

Andijon viloyati Qirg'iziston bilan «Do'stlik» chegara bojxona postida qalbaki davlat avtoraqamlarini olib kirish holati aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bojxona tekshiruvi o'tkazilganida, «Volvo FH» rusumli yuk mashinasining haydovchi o'rindig'i orqasida hujjatlari bo'lmagan 4 dona «40A770AA», 2 dona «40A234AA» hamda 2 dona «01A755AA» qalbaki davlat avtoraqamlari borligi ma'lum bo'ldi.

Ehtimol, raqamlar Farg'ona viloyatida «40» kodi bilan, Toshkent shahrida esa «01» kodi bilan ishlatilishi uchun mo'ljallangan edi.

Ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR