Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:46
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Narpay tumanida yuk va engil avtomobillar to'qnashdi

 23 APREL, 09:20

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 23 aprel kuni soat 05:40larda, Samarqand viloyati, Narpay tumani hududidan o'tgan M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 108-kilometrida, haydovchi, 1958 yilda tug'ilgan I.S. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli engil avtomobil hamda haydovchi, 1980 yilda tug'ilgan S.X. boshqaruvida bo'lgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lib, "Isuzu" avtomobili yo'lni ajratib turuvchi to'siqqa urilgan va ag'darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q.

Mazkur YTH yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to'qnashuv sodir bo'lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR