Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 14:14
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Merkel Putinni qachon ochiqchasiga tanqid qilishini aytdi

 21 APREL, 06:25

Germaniya kantsleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy suhbatlar chog'ida uni ochiqchasiga tanqid qilishi va ba'zi masalalarda u bilan hamfikr emasligini ma'lum qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

20 aprel kuni Evropa Kengashi Parlament assambleyasining bahorgi sessiyasi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaati va ishtirokchilardan birining siz ham Putinni ‘qotil’ deb bilasizmi, degan savoliga javob berar ekan Merkel shunday dedi:

«Vladimir Putinga kelsak, u haqda o'z so'zlarim bilan javob beraman: Putinni tanqid qilishimni yashirmayman, ammo faqatgina shaxsiy suhbatlar mobaynida tanqid qilaman».

Merkel «men Rossiyada yuz berayotgan voqealarning hammasiga ham tarafdorlik qilmayman» deya ta'kidlab, avvalambor, inson huquqlariga rioya qilish muammosiga ishora qildi. «Men Navalniy mavzusini allaqachon aytib o'tgan edim, ammo yana ko'plab mavzularni ham sanab o'tishim mumkin», — deya qo'shimcha qildi u.

Shu bilan birga, Merkel barcha tafovutlarga qaramay Rossiya bilan muloqot muhim ekanini ta'kidladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR