Koronavirus pandemiyasi 2021 yilda tugaydimi? Mutaxassis javob berdi
1 APREL, 16:00
COVID-19 pandemiyasi 2021 yilda tugamaydi. Bu haqda rossiyalik mutaxassis Viktor Maleev ta'kidlab o'tdi.
Uning fikricha, yozda kasallikning tarqalishi sezilarli darajada pasayishi mumkin, chunki koronavirus mavsumiy xarakterga ega.
"Pandemiya, albatta, ertami-kechmi tugaydi, ammo bu yil emas deb o'ylayman, garchi uning tugashi JSST tomonidan e'lon qilingan bo'lsa-da. Biroq, koronavirus mavsumiy xususiyatga ega, buning uchun juda ko'p dalillar mavjud», – dedi Maleev.
Ekspertning ta'kidlashicha, dunyoda koronavirus bilan kasallanish ko'paygan bo'lsa-da, Evropa mamlakatlarida kasallikning pasayishi kuzatilmaydi, bundan tashqari, sinov darajasi past bo'lgan Afrika va bir qator Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat saqlanib qolmoqda.
Manba: aniq.uz