Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:49
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Toshkent viloyatida 75 ming dollarga er olib bermoqchi bo'lgan soxta prokuratura xodimi ushlandi

 20 APREL, 10:35

Joriy yil 15 aprel kuni Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan  tezkor tadbir o'tkazildi.

Unda fuqaro A.J. o'zini Bosh prokuratura Departamentida, yaqin qarindoshi esa Bosh prokuraturada yuqori lavozimda ishlashini qayd etib,  fuqaro B.Yu.dan Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar er maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va'da qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga shu kunga qadar 51.100 AQSh dollarini qo'lga kiritib, qolgan 24.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Ta'kidlash kerakki, gumonlanuvchi A.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun qidiruvda bo'lgan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR