Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:18
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev O'zbekistonga keladi

 18 APREL, 15:55 96

.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 15 aprel, payshanba kuni O'zbekistonning Bakudagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov ma'lum qildi, deb yozmoqda qalampir.uz.

“Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning O'zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Hozirda hujjatlar to'plamini tayyorlash bo'yicha ishlar olib borilyapti va mazmunli ishlash uchun ikki-uch yillik ish rejasi ishlab chiqilmoqda”, deydi Ashrafxanov Kaspiy energetika klubi tomonidan tashkil etilgan biznes-forumda.

Diplomat shuningdek, Ozarbayjon va O'zbekiston tomonlarining hamkorlikni kengaytirish bo'yicha barcha takliflari “yo'l xaritasi”ga kiritilishini ta'kidlagan, lekin tashrifning aniq sanasini ochiqlamagan.

Qolaversa, Ashrafxanov Ozarbayjon kompaniyalarini O'zbekistonda joriy yilning 18-20 may kunlari bo'lib o'tadigan 24-xalqaro neft va gaz ko'rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.

Qoldirilgan tashrif

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning 15-16 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev mamlakat vitse-prezidenti – Birinchi xonim Mehribon Alieva bilan O'zbekistonga tashrif buyurishi rejelashtirilgandi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli O'zbekistonga tashrif keyinga qoldirildi. Prezident Ilhom Aliev tashrif epidemiologik vaziyat imkon bergan zahoti amalga oshishini ta'kidlagandi.

Shuningdek, o'tgan yilning aprel oyida Toshkent shahri Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko'chasida ozar xalqining umummilliy lideri, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti Haydar Aliev nomidagi umumiy maydoni 0,51 gektar bo'lgan bog' barpo etilayotgani xabar qilingan. Bog'ni ikki davlat Prezidentlari ochib berishi rejalashtirilgandi.

Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 15 oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 7-sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonning Baku shahriga borib, Prezident Ilhom Aliev bilan uchrashuv o'tkazgandi. Ushbu uchrashuvda Mirziyoev Alievni O'zbekistonga taklif qilgandi.

Ma'lumot o'rnida, 2019 yil 26 dekabr kuni Shavkat Mirziyoev Ozarbayjonda “Yil odami” deya e'tirof etildi.

Bu Ilhom Alievning oxirgi 10 yillikda O'zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi. Aliev oxirgi marta O'zbekistonga 2010 yil 27 sentyabrda tashrif buyurgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!