Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:26
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Sudan AQShga qancha tovon to'lagani ma'lum bo'ldi

 1 APREL, 12:45 163

.

Sudan hukumati bir qator mamlakatlardagi teraktlar bilan bog'liq sud ishlarining yopilishi uchun AQShga 335 million dollar to'ladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Biz AQShning 1998 yilda Keniya va Tanzaniyadagi Amerika elchixonalaridagi portlash, 2010 yilda Cole kemasiga hujum qurbonlari hamda 2008 yilda Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimi Jon Grenvillning o'ldirilishi uchun tovon sifatida Sudan tomonidan 335 million dollar to'langanini ma'lum qilishdan mamnunmiz”, – deyiladi Blinken nomidan tarqatilgan bayonotda.

Unda Vashinton Xartumning ushbu sud ishlarini hal etishga qaratilgan “konstruktiv harakatlari”ni yuqori baholashi aytilgan. Blinkenning fikriga ko'ra, AQSh – Sudan aloqalarida endi yangi sahifa ochish mumkin.

AQSh Sudanning avvalgi hukumatini “Al-Qoida”ni qo'llab-quvvatlashda ayblab kelgan. Keniya va Tanzaniyadagi Amerika elchixonalariga “Al-Qoida” uyushtirgan hujumlarda 200 dan ziyod kishi, jumladan, 12 nafar AQSh fuqarosi halok bo'lgan. Adan portida turgan Cole esminetsiga hujumda esa 17 kishi o'lgan. Xartum Vashingtonning talabi bilan ushbu hujumlarda halok bo'lganlarning oilalariga tovon to'lashga rozi bo'ldi. Shundan so'ng, 2020 yilning 14 dekabrida AQShning Xartumdagi elchixonasi Sudanning xalqaro terrorchilikning homiylari ro'yxatidan chiqarilganini ma'lum qildi.

Sudaning mazkur ro'yxatga kiritilishi uning xalqaro moliya tizimidan uzilib qolishiga, og'ir iqtisodiy inqirozga uchrashiga sabab bo'ldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!