Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:26
telegram
Milliy Gvardiya xodimi ayolni tayoq bilan urgani rostmi?

 18 APREL, 07:45 69

.

Ijtimoiy tarmoqlarda farg'onalik ayolning Milliy gvardiya xodimi tayoq bilan urganligi haqidagi videolavhasi tarqaldi. Xo'sh, uning kaltaklangani rostmi, mazkur voqea qanday ro'y bergandi?

aprel kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshloq tuman sudida D.Umarova va N.Madrahimovalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasining 2-qismi (qasddan badanga engil tan jarohati etkazish) bilan yuritilgan ma'muriy ish hujjatlari ko'rib chiqildi. Ish holatiga ko'ra, D.Umarova 2020 yil 22 iyun kuni soat 20:00larda Toshloq tumani «Qanjirg'a» mahalla fuqarolar yig'inida D.Madrahimovni qonuniy turmush o'rtog'i N.Madrahimova bilan o'zaro gap talashib qolgan. Sababi D.Umarova va D.Madrahimovlar ilgari shar'iy nikoh asosida yashagan.Ular bir-birlarini uyatli so'zlar bilan so'kib haqorat qiladi, janjallashib bir-birining tanasiga tan jarohati etkazadi. Ikki ayol o'zaro yoqalashib turganida D.Madrahimovni akasi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.Madrahimov D.Umarovani ajratib olish paytida unga engil tan jarohati etkazadi. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.Madrahimovani o'ng elkasini oldingi yuzasini yuqorigi qismidagi qontalash, chap tirsak bo'g'imini ustki yuzasidagi, chap va o'ng tizza bo'g'imlarini ustki yuzalaridagi shilinmalar aniqlanib, bu tan jarohatlari 6 kundan ko'p davom etmaydigan engil shikastlar toifasiga kirishi ko'rsatilgan. D.Umarovada ham engil shikastlar bo'lgan hamda ekspertiza xulosasida ko'rsatilgan. Qo'shimcha sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 1 martdagi xulosasida D.Umarovani yuz sohasida ozgina seziladigan chandiq mavjud bo'lib, chap ko'z ostidagi yuzaki jarohatning bitganidan qolganligi va bu jarohat bitib ketadigan jarohatlar turkumiga kirishi, shuningdek, ushbu chandiq yuz assimetriyasiga va funktsional o'zgarishlarga sabab bo'lmaganligi qayd etilgan. Milliy Gvardiya «Dinamo» jismoniy tarbiya-sport jamiyatining 2020 yil 5 oktyabrdagi buyrug'i bilan harbiy xizmatchi A.Madrahimov D.Umarovani haqorat qilib, unga qasddan engil tan jarohati etkazgani sababli unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 16-moddasi tartibida «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan. Sud D.Umarovaning suddagi, N.Madrahimova, D.Madrahimov va A.Madrahimovlarning surishtiruvdagi ko'rsatmalarini eshitib, yakuniy xulosaga keldi. Qaror bilan D.Umarova va N.Madrahimovani har biriga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan jarima jazolari tayinladi. Huquqbuzarlarga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 324 (1-3)-moddalari tartibida apellyatsiya tartibida shikoyat qilish huquqlari borligi tushuntirildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!